Bizning maqsadimiz — pul o‘tkazish va to‘lovlarni hamma uchun tez, ochiq va xavfsiz qilish.

Xorazmdan — butun O‘zbekiston uchun: to‘lovlar va sayohatlar bir necha bosishda
Nationalpay AJ — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyasiga ega to‘lov tashkiloti. Jadal va MilliyAvia ilovalari bilan millionlab yurtdoshlarimizning kundalik moliyaviy ishlarini soddalashtiramiz.
2022yildan Markaziy bank litsenziyasi
2 ilovaJadal va MilliyAvia
Xorazmbosh ofis — Madir
AJaksiyadorlik jamiyati, ochiq hisobot
Bizning tariximiz
- 2026
- Jadal ilovasi ishga tushdi — O‘zbekiston ichida o‘tkazmalar va to‘lovlar; foydalanuvchi identifikatsiyasi va Paynet xizmatlari qo‘shildi (oktabr);
- MilliyAvia yangilandi — tezlik, barqarorlik va interfeys yaxshilandi (may).
- 2025
- Markaziy bank talablariga muvofiq kompaniya aksiyadorlik jamiyati shakliga o‘tdi — Nationalpay AJ;
- MilliyAvia — dunyo bo‘ylab aviachiptalarni qidirish va sotib olish ilovasi taqdim etildi.
- 2022
- 12-fevral: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan to‘lov tashkiloti litsenziyasi olindi;
- Xorazm viloyatida faoliyat boshlandi.

Mahsulotlarimiz
Ikki ilova — bir maqsad
- Jadal — tez va qulay to‘lovlar
- MilliyAvia — aviachiptalar — bir ilovada
Jadal bilan O‘zbekiston ichidagi har bir o‘tkazma va to‘lov bir necha bosishda; MilliyAvia bilan har bir parvoz eng yaxshi narxda.
Biz Xorazmdan — butun O‘zbekiston uchun ishlaymiz: mahalliy jamoa, milliy mahsulot, xalqaro standartlar.